Viliya

Viliya (litovcha Nyaris) — Belorussiya va Litvadagi Daryo, Nyamunas (Neman) ning o’ng irmogi. Minskdan shimoldagi botqoqliklardan boshlanadi. Uzunligi 510 kilometr, havzasining maydoni 25,1 ming km2. Qor, yomg’ir va yer osti suvlaridan to’yinadi; bahorda to’lib oqadi. O’rtacha suv sarfi 182 m3/sek. Viliya havzasida 1,5 mingdan ziyod ko’l bor. Viliyaning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Sohilida Vilnyus va Kaunas shaharlari joylashgan.