Vinillash
Vinillash — organik birikmalar molekulasiga vinil guruhi — SN=SN2 kiritish. Eng muhim vinillovchi moddalar — atsetilen NS=SN, vinil- galogenidlar SN2=snx (X-galogen) va vinilmagniybromid (Norman reaktivi) CH2=CHMgBr. Sanoatda atsetilen bilan Vinillash natijasida spirtlardan oddiy Vinil efirlar, karbon kislotalardan esa murakkab efirlar, masalan, vinil-atsetat olinadi. Tsianid kislota (HCN) ni Vinillashda akrilonitril, vodorod xloridni Vinillashda vinilxlorid, atsetilenning o’zini Vinillashda vinilasetilen hosil bo’ladi.