Vishinskiy (Vishinskiy) Andrey Yanuarevich

Vishinskiy (Vishinskiy) Andrey Yanuarevich [1883.28.11 (10.12), Odessa – 1954.22.11, Nyu-York, AQSh] -sobiq Ittifoq prokuror o’rinbosari va prokurori (1933-39). Akademik (1939). Vishinskiy asarlarida bayon etilgan «huquqiy» qoidalar qonunchilikni qo’pol ravishda buzish, ommaviy qatag’onlarni amalga oshirish uchun xizmat qildi. Jumladan, ayblanuvchining o’z aybiga o’zi iqror bo’lishi — asosiy isbot-dalildir, deb qarashdan iborat g’ayriqonuniy usul keng qo’llanildi. Vishinskiy 30-yillarda «Moskva markazi» (1935 yil yanvar), «Troskiychi-zinovevchi terrorchilik markazi» (1936 yil avgust), «Sho’rolarga qarshi troskiychilar markazi» (1937 yil yanvar) va «o’ng Troskiychi blok» (1938 yil mart) ustidan (jumladan Akmal Ikromov, Fayzulla Xo’jayev) soxta sud jarayonlarida stalincha qatag’on siyosatini faol amalga oshirdi.