Vishneveskiy Dmitriy Ivanovich
Vishneveskiy Dmitriy Ivanovich (?-1563) — Knyaz, ukrain magnati. 1550 yillarda Cherkassk va Kanev oqsoqoli (starostasi). Turk va qrimtatar bosqinlaridan saqlanish uchun kichik Xortisa orolida qasr qurdirgan (1556). Rus qo’shinlarining Qrim xonligiga qarshi yurishida qatnashgan (1558). Moldaviya taxti uchun olib borilgan kurashga aralashgan (1563), turklar tomonidan asirga olinib qatl etilgan.