Vishnu

Vishnu — Veda dinida olamlarni saqlab turuvchi va muhofaza qiluvchi Xudo. Koinotning ichki kuch-quvvatini ifodalagan. Brahma va Shiva bilan iloxiy triada (uchlik)ni tashkil etgan. Vishnuizm hinduizmning 2 asosiy oqimdan biri (ikkinchisi — shivaizm) bo’lib, asosan shimoliy Hindistonda tarqalgan.