Vitebsk
Vitebsk — Belorussiya Respublikasidagi shahar. Vitebsk vidoyatinint markazi. G’arbiy Dvina daryosining baland sohilida joylashgan. G’arbiy Dvina daryosidagi pristan. Yirik temir yo’l tuguni. Aholisi 361,8 ming kishi (1999). Vitebsk birinchi marta 1021 yilgi solnomalarda tilga olingan. Belorussiyaning Minsk va Gomel shaharlaridan keyingi yirik sanoat markazi. Yengil sanoat yetakchi o’rinda turadi. To’qimachilik sanoati korxonalari (paypoq-trikotaj fabrikasi, gilam kombinati), tikuvchilik, poyabzal, zig’ir tola fabrikalari bor. Boshqa muhim tarmoq mashinasozlikdir (stanoksozlik, elektr asboblari, radio va soat detallari, motor remonti, traktorlar uchun ehtiyot qismlar chiqaradigan zavod, metall buyumlari, asbobsozlik, televizion zavod va boshqa zavodlar mavjud). Oziq-ovqat sanoati (go’sht, un va parranda kombinatlari, yog’-ekstraktsiya zavodi va boshqalar) rivojlangan. Vitebska Belorussiyada eng yirik yog’ochsozlik kombinatlaridan biri, uysozlik kombinati, qurilish materiallari kombinati, ohak materiallari va boshqa kombinatlar ishlab turibdi. 4 oliy o’quv yurti, 2 teatr, 2 muzey, Blagoveshchensk cherkovi (12-asr) bor.