Vitren

Vitren (lotincha vitrum — shisha) — qazilma ko’mirning asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Kimyoviy tarkibi torflarning g’umusli moddalariga o’xshash. Yaltiroq, o’simlik to’qimalarining kislorodsiz nam sharoitda chirishidan hosil bo’ladi. Vitrenda uglerod ko’p, qo’ng’ir ko’mirdan antratsitga o’tishda tarkibidagi N, o va uchib ketadigan moddalar kamayib boradi. Vitren turli qalinlikdagi qatlam yoki linza holida uchraydi. Vitren ko’mirning eng kam kulli tarkibiy qismi.