Vivaldi (Vivaldi) Antonio

Vivaldi (Vivaldi) Antonio (1678.4.3, Venetsiya — 1741.28.7, Vena) — italyan kompozitori, skripkachi, dirijyor va pedagog, kontsert janrining asoschisi. Ijodida turli cholg’ular (asosan, skripka) ga mo’ljallangan kontsertlar (jami 465 ta) markaziy o’rin tutadi. Vivaldi muayyan voqeliklarni yorqin ifoda etuvchi (4 qismli «yil fasllari» kabi) asarlari bilan dasturli simfonizmga ham asos solgan. O’nlab diniy va dunyoviy mavzudagi kantata va oratoriyalar, 40 dan ortiq operalar yaratgan. Bular orasida Sharq lavhalarini ekzotik tarzda aks ettiruvchi «Dariyning tojdor bo’lishi», «Armida Misr lagerida», «Aleksandr Hindistonda» kabi asarlar ham mavjud. 1735 yil Verona shahrida ilk bor sahnalashtirilgan Amir Temur haqidagi operasi Yevropada Sohibqiron qiyofasini gavdalantiruvchi dastlabki asarlardandir. Vivaldi ijodiga qiziqish 20-asrda qaytadan uyg’ondi, Siena sh.ahrida «Antonio Vivaldi italyan instituti» tashkil etilib, kompozitor merosi atroflicha o’rganilmoqda.