Vizantiya huquqi
Vizantiya huquqi -6-15- asrlardagi Vizantiya imperiyasining huquqi. Vizantiya huquqi Rim huquqiga asoslangan. 6-8-asrlarda Vizantiyada Feodosii va Yustinian kodekslari amal qilgan. 726 yilda «Ekloga»— fuqarolik va jinoyat huquqdari majmuasi tuzilgan. «Dehqonchilik qonuni» (8-asr), cherkov va dunyoviy huquqlar majmuasi —»Nomokanonlar», Armenopuloning «olti kitobi» (1345) Vizantiya huquqining asosiy manbai hisoblanadi. Vizantiya huquqi xususiy yer egaligiga asoslanib, savdo-sotiq, ijara, qarz, garov shartnomalari alohida o’rin egallaydi. Vizantiyaning nikoh-oila va meros huquqida cherkov ta’siri izchil bo’lgan. Vizantiya huquqi G’arbiy Yevropa va Old Osiyo mamlakatlari qonunchiligiga ta’sir ko’rsatgan.