Vladimir ot zoti

Vladimir ot zoti — og’ir yuk tortuvchi ot zoti. Rossiyaning Vladimir va Ivanovo viloyatlari xo’jaliklarida 20-asrning 30-yillarida mahalliy yirik yuk tortuvchi ot zotlarini kleydestal, tayr va suffolok kabi Angliya ot zotlari bilan chatishtirib yaratilgan. 1946 yilda zot sifatida tasdiqlangan. Vladimir ot zotining tusi to’riq, peshonasi va oyoqlarida oq belgilari bor. Ayg’irlarining vazni 700 kilogramm, biyalariniki 550 kilogramm, toychalari tug’ilganida 50-60 kilogramm. Mashhur ayg’irlarisi Nov paytida 16 tonnadan ortiq yuk tortgan. Vladimir ot zoti Rossiyaning o’rta mintaqalarida boqiladi. Bu zot O’zbekistonda ham uchraydi. Vladimir ot zotidan ko’pchilik mamlakatlar va mintaqalarda mahalliy ot zotlarini yaxshilashda foydalanilgan.