VODNIK

VODNIK — Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jayli tumanidagi shaharcha (1958 yildan). Amudaryoning chap sohilida, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Xo’jaylidan 11 kilometr shimoli-sharqda. Aholisi 6 ming kishi (2000). Vodnikda paxta tozalash zavodi, maktab, kutubxona bor. Vodnik bilan Taxiyatosh, Xo’jayli va boshqalar shaharlar orasida avtomobil qatnovi mavjud.