Vohid Zohidov (1914-1983)
Zohidov Vohid Yo‘ldoshevich — (1914.14.12 — Toshkent — 1983.19.7) — adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964), falsafa fanlari doktori (1946), professor (1949).
Ozarbayjon pedagogika institutini tugatgan (1933). O‘zbekistonning turli oliy o‘quv yurtlarida dars bergan (1933— 35; 1938-66), O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy xodim, akademigi-kotib (1943-48), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori va bo‘lim mudiri (1949—53), Toshkent davlat pedagogika instituti professor (1953—57), «Sharq yulduzi» jurnali (1949), «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi bosh muharriri (1959—62), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida bo‘lim mudiri (1957—64), Hamza nomidagi San’atshunoslik instituti direktori (1964—67; 1970—83), O‘zbekiston Madaniyat vaziri (1967— 70) bo‘lib ishlagan.
Ilmiy ishlari o‘rtaosiyolik mutafakkir va shoir (Beruniy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Furqat va boshqa)lar xamda qardosh turkiy xalkdar adabiyoti vakillari (Nizomiy, Abay va boshqa) ijodiga bag‘ishlangan. Madaniy meros va adabiy hayotning muhim masalalariga oid monografiyalar («O‘zbek adabiyoti tarixidan», 1961; «Donolar davrasi», 1973; «Nafosat ijodkori», 1980 va boshqa), publitsistik asarlar («Inson va zamon sadosi», 1961; «Sharqni sharaflab», 1973 va boshqa) muallifi.
Vohid Zohidovning ilmiy rahbarligi va tahriri ostida «O‘zbek adabiyoti» (5 jild, 7 kitob) nashr etilgan, «Navoiy asarlari»ni o‘zbek (15 jild, 1961—68) va rus tillarida (10 jild, 1968—70) nashrga tayyorlashda qatnashgan.
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Toshkent ko‘chalaridan biriga Vohid Zohidov nomi qo‘yilgan.