Volfram rudalari

Volfram rudalari – tarkibida volfram bo`lgan minerallar birikmalari. Asosiy minerallari volframit va sheelit. Boyitish fabrikalarida turli aralashmalardan tozalanib, konsentrat (50-60%li) holiga keltiriladi. Volfram rudalarida volfram bilan birga ko`pincha qalay, molibden, oltin, mis, qo`rgoshin, rux va b. uchraydi. Volfram rudasi konlari granitlar keng tarqalgan hududlarda ko`p. Konlari: Qozog`iston, Sharqiy Sibir, Shimoliy Kavkaz, O`zbekiston, chet mamlakatlarda – XXR, KXDR, Braziliya, Boliviya, Portugaliya. Volfram yuqori haroratga chidamli qotishmalar, lak-buyoqlar va korroziyaga chidamli materiallar olishda ishlatiladi hamda elektrotexnika, radiotexnika, tibbiyotda foydalaniladi.