Volin viloyati
Volin viloyati – Ukrainaning shimoli-g’arbidagi viloyat. 1939 yil 4 dekabrda tuzilgan. Maydoni 20,2 ming km2. Aholisi 1071 ming kishi (1999), shaharliklar 49%. 11 shahar, 21 shaharcha bor. Markazi — Lusk shahri. Volin viloyatining ko’p qismi Polese pasttekisligida, ozroq (Janub) qismi Volin qirlarining shimoli-g’arbida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshko’mir, torf, bo’r, gil, qum, ohaktosh, mergel. Iqlimi mo»tadil kontinental. Iyulning o’rtacha temperaturasi 18,6°, yanvarniki -4,5°. Yiliga 550-600 mm yog’in yog’adi. Vegetasiya davri 200 kun. Daryolari: Pripyatning bosh qismi va uning o’ng irmoqlari. Tuprog’i chimli podzol va qrratuproq. Hududining ‘/5 kismi o’rmon, ‘/4 kismi botqoqlik. Oziq-ovqat (shakarqand, go’sht), mashinasozlik (avtomobilsozlik, priborsozlik, qishloq xo’jalik mashinalari, podshipniklar va boshqalar) sanoati yetakchi o’rinda. Lvov-Volin havzasida ko’mir qazib chiqariladi. O’rmon va yog’ochsozlik sanoati korxonalaridan taxta tilish zavodlari (Suman. Zabolote, Kiversi), yog’ochsozlik (Kivertsi), mebel k-ti (Suman) va kimyo-o’rmon xo’jaliklari (Lusk, Kovel), yengil sanoat tarmoqlaridan tikuvchilik va poyabzal fabrikalari (Lusk, Vladimir-Volinskiy va Kovel) bor. Donli ekinlar (kuzgi bug’doy, grechixa, arpa, makkajo’xori), texnika ekinlari (qand lavlagi, tolali zig’ir), sabzavot, kartoshka ekiladi. Sut-go’sht chorvachiligi va cho’chqachilik asosiy o’rin tutadi. Qo’y va echki ham boqiladi. Stir daryosida kema qatnaydi.