Volta ustuni

Volta ustuni — amalda ishlatish uchun yaroqli dunyoda birinchi kimyoviy tok manbai; ketma-ket ulangan bir nechta Volta elementiaвan iborat galvaniл batareya. A. Volta taklif qilgan. Volta ustuni elementlarining elektrodlari elektrolit shimdirilgan g’ovak material (movut va qog’oz)dan qilingan qistirmali disklardan iborat. Kimyoviy reaktsiya natijasida Volta ustuni chiqiйlarida potentsiallar farqi vujudga keladi. Uning qiymati ketma-ket ulangan barcha elementlarning e.yu.k.ga teng bo’ladi (100 V va undan katta bo’lishi mumkin). Volta ustuni amalda qo’llanish (masalan, elektr yoyi hosil qilish) bilan birga boshqa ancha mukammal kimyoviy elektr toki manbalarining yaratilishiga asos bo’ldi.