Volvokssimonlar

Volvokssimonlar (Volvocophyceae) — yashil suv o’tlari sinfi. Yakka hujayra (donaliella, xlamido- monada) yoki koloniya (volvoks, Pan- Dorina, eudofina) bo’lib o’sadi, o’suv davrida harakatchan. Hujayrasida kosasimon pirenoidli xloroplast, qizil «ko’zcha», qisqaruvchi vakuol, 2 (ba’zan 4,8) ta xivchin bo’ladi. Yakka hujayra Volvokssimonlar qattiq qobiqsiz. Volvokssimonlar bo’yiga bo’linish orqali, qobiqli Volvokssimonlar zoosporalar hosil qilish orqali jinssiz ko’payadi. Koloniya Volvokssimonlarning jinssiz ko’payishi zoosporalarning koloniya ichida yana qo’shilib, yangi koloniya hosil qilishi orqali sodir bo’ladi. Jinsiy ko’payish geologamiya, izogamiya, geterogamiya yoki oogamiya tarzida ro’y beradi. Asosan oqmaydigan chuchuk suvlarda, qisman tuproqda uchraydi. Qulay sharoitda juda tez ko’payib suvning «gullashi»ga sabab bo’ladi. Bir necha yuz turi ma’lum.