Vorux kitobalari, Vorux katibalari
Vorux kitobalari, Vorux katibalari — yozuv yodgorlik. Isfayramsoy (Farg’ona vodiysi)ning yuqori qismidagi Vorux qishlog’i yaqini (4 kilometr nari)dan topilgan. U tik qoyatoshga kufiy yozuvda o’yib bitilgan. Vorux kitobalari balandligi 2 metr, uzunligi 6,15 metr. 1041 yilga oid 1-kitobada Qoraxoniylar sulolasiga mansub Isfara hukmdori Abulfazl Abbos Arslon Teginning nomi va nasabi, uning ayrim ishlari yozilgan. 2-Kitobi hali o’qilmagan; bunisi 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida yozilgan deb taxmin qilinadi. Vorux kitobalari Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.