Vrevskiy qonunlar

Vrevskiy qonunlari- eritma-bug’ tarzidagi qo’sh tizimlarning termodinamik nazariyasi asosini tashkil qiladigan qonunlar (D. P. Konovalov qonunlari bilan birga). Rus fizik-kimyogari M. S. Vrevskiy (1871— 1929) aniqlagan (1911). Vrevskiy qonunlari eritmalar bug’ining temperaturasi, tarkibi bilan eritma komponentlari (tarkibiy qismlari) ning parsial bosimi orasidagi, birga qaynayotgan aralashmalar bug’i temperaturasi va tarkibi orasidagi muhim bog’liqlarni ifodalaydi. Mikdor jihatidan Vrevskiy qonunlari eritma komponentlari bug’langanda ajraladigan issiqlikning eritmalar bug’i tarkibi o’zgarishiga ta’sirini bildiradi.