Vroslav
Vroslav — Polshaning Janubi- g’arbidagi shahar. Vroslav voevodaligining ma’muriy markazi. Odra daryosi bo’yidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Vroslav yilnomalarda dastlab 980 yilda Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qo’l ostida (1945 yilgacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) bo’lgan. Vroslav yirik sanoat shahri va muhim temir yo’l tuguni. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika, o’lchov asboblari, kimyo, to’qimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Vroslavda universitet, ilmiy tadqiqot va politexnika institutlari, yirik ilmiy kutubxona, opera teatri, muzeylar, botanika va hayvonot bog’lari bor. Shaharda me’moriy yodgorliklar ko’p: bir necha cherkov, ratusha binosi (14-16- asrlar) va boshqalar saqlangan.