Vtulka

Vtulka (rus.) — asbob, mashina va mexanizmning tsilindr yoki konus shaklli ichi teshik detali. G’ildirak, podshipnik va elektr izolyasiya Vtulkasi kabi xillarga bo’linadi. G’ildirak Vtulkasi — gupchakning o’qqa tegib turadigan Markaziy qismi; podshipnik Vtulkasi— antifriktsion materialdan yasalgan yoki metalldan yasalib, sirtiga antifriktsion material quyilgan ichi teshik tsilindr; elektr izolyatsiya Vtulkasi— elektr izolyasiya materialidan yasalgan naycha. Binolar devori, asboblarning metall sirti va hokazolar orqali elektr simi o’tkazilganda qo’yib ketiladi. Metall kesish stanoklarida ishlatiladigan o’tish Vtulkasi ham mavjud. U konussimon quyruqli kesish asbobi (masalan, Parma)ni stanok shpindeliga mahkamlash uchun ishlatiladi.