Vulkan bombasi

Vulkan bombasi – vulkandan plastik yoki suyuq holatda otilib chiqib, havoda uchib ketayotgan paytda turli shakllarda (noksimon, duksimon, tuxumsimon, sharsimon, lentasimon va hokazolar) qotgan LAVA parchasi. Vulkan bombasi boshqalar uzunlii bir necha santimetrdan 5-7 metrgacha. Vulkan bombasi maydalanib vulkan qumlari yoki kukunlariga aylanadi. O’zbekistonda Tomdi, Kurama, Chatqol tog’larida paleozoy erasining silur, devon davridagi vulkan tog’jinslarida kattaligi 15 santimetrdan 1,5 metrgacha Vulkan bombasi uchraydi.