Vulkanlar

Vulkanlar (lotincha vulkanus – olov xudosi), yonartog`- yer po`stida sodir bo`ladigan tektonik harakatlar natijasida paydo bo`lgan yoriq (kanal)lar orqali yer qa’ridan lava, issiq gaz, suv bug`lari va b. jinslar chiqib turishidan paydo bo`lgan tabiiy hosila. Vulkan konus shaklidagi, qalqonsimon, gumbazsimon tog`lar hosil qiladi. Vulkan og`zi – krateri, tagi – magma uchog`i va mo`riga o`xshash tik o`rta qismi – vulkan kanali deb ataladi. Vulkan krateridan oqib chiqadigan lava harorati 500-1300 daraja. Yer sharida 600 dan ortiq so`nmagan vulkan bor. Shulardan 400 dan ko`prog`i Tinch okean sohilidadir.