XAKASLAR
XAKASLAR (o’zlarini — xakas deb atashadi; eski nomlari — Abakan yoxud Minusinsk tatarlari) — Xakasiyadagi xalq (62,9 ming kishi), jami Rossiya Federatsiyasida — 79 ming kishi (1989). Xakas tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, an’anaviy e’tiqodlar saqlangan. Asosan, chorvachilik, ovchilik va dehqonchilik bilan shug’ullanadilar.