XAKSLI (HUXLEY) ANDRU FILDING
XAKSLI (HUXLEY) ANDRU FILDING (1917.22.11, London) — ingliz fiziologi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1955 yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1938). London universiteti kolleji fiziologiya bo’limi professor (1960 yildan). Muskul qisqarishi nazariyasini kashf etgan (1957), miofibrillarning nozik tuzilishini aniqlagan; nerv tolalari sinapslarkni va nerv impulslarini uzatishda ro’y beradigan fizik-kimyoviy o’zgarishlar va hokazolarni tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1963; A.L.Xojkin va J.K.Ekls bilan hamkorlikda).