XALAF MADANIYATI

XALAF MADANIYATI (arxeologiyada) — shimoliy Mesopotamiya va Suriyadagi eneolit davri (miloddan avvalgi 5-ming yillik)ga oid madaniyat. Shimoliy Sharqiy Suriyadagi Telxalaf qishlog’i nomi bilan atalgan. Turar joy xarobalari, guldon, sopol idishlar, mis buyumlar topilgan. Aholi dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullangan.