XALAJ TILI
XALAJ TILI — turkiy tillardan biri. Markaziy Eronda, Tehronning Janubi g’arbida tarqalgan. So’zlashuvchilar soni 20 ming kishi atrofida (o’tgan asr 80-yillari oxiri). Shevalari 2 guruhga — shimol va Janubiy guruhlarga bo’linadi. Xalaj tilida qadimgi turkiy til elementlari, xususan, birlamchi cho’ziq unlilar saklangan; so’z o’rtasi va oxirida boshqa turkiy tillarda z, t, j, r kelgan o’rinlarda D qo’llanadi. Ayrim kelishik qo’shimchalari va fe’l shakllarida ham bir qator o’ziga xosliklar mavjud. Leksikada eng qadimgi turkiy qatlam hamda kelib chiqishi noaniq bo’lgan so’zlar qatlami ajralib turadi; Ozarbayjon tilidan, eroniy lahjalardan o’zlashmalar bor. Asosan, xotinqizlar o’rtasida kundalik muomala tili hisoblanadi.