XALDEYLAR

XALDEYLAR — Janubiy Mesopotamiyada miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida yashagan Somiy qabilalar. Bobilga egalik qilish uchun Ossuriya bilan kurash olib borishgan. 626-538 yillarda Bobilda Yangi Bobil podsholigiga asos solgan xaldeylar sulolasi hukmronlik qilgan.