Xalkofil elementlar

Xalkofil elementlar (Yunoncha chalkos — mis va phileo — seva- man) — norvegiyalik geokimyogar V.M. Goldshmit tasnifi bo’yicha er pusti va meteoritlarda uchraydigan sulfid rudalarining kimyoviy elementlari. Elementlar davriy sistemasining qo’shimcha guruhidagi 19 elementdan iborat: Si, Ag, Ai, Zn, Cd, Hg, Ga, Ln, Tl, Po, Ge, Sn, Pb, As, Sb, Bi, S, Se, Te. Xalkofil elementlarning metallari S, Se, Tl ga o’xshash. Bu elementlar tabiatda sulfidlar, selenidlar, telluridlar va sulfotuzlar (faqat qalaygina kassiterit SnO2) tarzida mavjud. Au, Ag, Si, As, S, Bi va boshqa ayrim Xalkofil elementlar tabiatda elementar holatda mavjud. Barcha Xalkofil elementlar Yer pusti massasining 0,046% inigina tashkil etadi, lekin muayyan sharoitlarda to’planish xususiyatiga ega bo’lganligidan ruda konlari, asosan, gidrotermal tomirli konlar hosil qiladi. Si, Ph, Zn va qisman Ag cho’kindi jinslarda Stratiform (yaxlit) ruda yotqiziqlarini hosil qiladi. Sulfid rudalari (Xalkofil elementlarning yer po’stida to’yingan shakdda uchrashi) rangli metallurgiyada va sanoatning boshqa sohalarida xom ashyo sifatida katta amaliy ahamiyatga ega.