Xalqaro terrorizm
Xalqaro terrorizm – bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok bo’lishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi, hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o’rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va qilmishlar yig’indisi. Xalqaro terrorizm 20-asrning 60-70-yillariga kelib o’zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o’z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko’rsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obro’ga ega bo’lgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, samolyotlarni olib qochish bilan shug’ullana boshladilar. 80-yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jidtsiy tus oldi. Begunoh, tinch aholi o’rtasida ko’pdanko’p qurbonlar bo’lishi, xalqaro terrorchilarning boshqa yovuzliklari jahon jamoatchiligini qatgiq tashvishlantirib qo’ydi. 1978 yil kuchli «yettilik» davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash to’g’risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzui bo’lib qoldi. Chunki xalqaro terrorchilar bir tizimga birlashib, baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhtsagi shaxslar, narkobiznes va qurol-yarog’ savdosidan foyda ko’ruvchi jinoiy to’dalar, yollanib xizmat qiluvchilar paydo bo’ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlarida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo’yishga hamda hokimiyatga qarshi muholafatni shakllantirishga harakat qiladi. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har kanday ko’rinishga qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi ko’plab xalqaro bitimlarning, chunonchi, Xalqaro terrorizm ko’rinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlarning, jumladan, havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurash to’g’risidagi 1970 yilgi Gaaga Konventsiyasining, fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof harakatlarga qarshi kurash to’g’risidagi 1971 yilgi Monreal konventsiyasining, Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to’g’risidagi 1973 yilgi konventsiyaning , terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risidagi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi. 2004 yil 1 yanvardan Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo’mitasi faoliyat ko’rsata boshladi. Ad.: Karimov I.A., O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997. Karimov I.A., Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq, T., 2004. Sayfiddin Jo’rayev.