Xalqaro xavfsizlik

Xalqaro xavfsizlik – xalqaro munosabatlar tizimi; hamma davlatlar tomonidan rioya qilinadigan xalqaro huquqning printsip va normalari; davlatlar o’rtasidagi janjalli masalalarni va kelishmovchiliklarni kuch va kuch ishlatish xavfi bilan bartaraf etishni istisno qilishga asoslangan. Xalqaro xavfsizlik printsiplari quyidagilarni nazarda tutadi: hamma davlatlar uchun bab-baravar xavfsizlikni ta’minlash; harbiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda amaliy kafolatlarni yuzaga keltirish; har bir xalqning suveren huquqlarini so’zsiz hurmat qilish; xalqaro tanglik va mintaqaviy nizolarni siyosiy yo’l bilan adolatli bartaraf etish; davlatlar o’rtasida ishonchni mustahkamlash; xalqaro terrorizmkya oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish; Genosid, aparteidam tugatish, fashizmnsh targ’ib qilmaslik, diskriminasiyaping har qanday shakllarini xalqaro amaliyotdan yo’qotish; qamal va sanktsiyalardan (jahon hamjamiyati tavsiyalarisiz) voz kechish. Xalqaro xavfsizlikning ajralmas qismi BMT Ustavi bilan mustahkamlangan amaldagi kollektiv xavfsizlik mexanizmidir. Xalqaro xavfsizlik har bir davrda turli omillarga: xalqaro aloqalarning rivojlanish yo’nalishlari va xususiyatiga, tsivilizatsiya darajasi, ma’naviyat va shu kabilarga bog’liq bo’ladi. Shaxs, sinf, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning faoliyati Xalqaro xavfsizlikga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi jahonda, xususan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik ta’minlanishiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan «mintaqaviy xavfsizlikdan xalqaro xavfsizlikni ta’minlash sari» kontsepsiyasi Xalqaro xavfsizlikni ta’minlashning yangi qoidasi sifatida jahon miqyosida tan olinmoqda.