Xan (Hahn), Gann Otto

Xan (Hahn), Gann Otto (1879.8.3, Frankfurt Mayn 1968.28.7, Gyottingen) — nemis fizigi va radiokimyogari. Marburg va Myunxen universitetlarida o’qigan. Berlinda professor (1910-34), Berlindagi kimyo institutida direktor (1938 yildan), M. Plank jamiyati Prezidenti (1946-60), faxriy Prezidenti (1960 yildan). Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlikni tadqiq etishga bag’ishlangan. Bir necha izotoplar va yangi radioaktiv element — protaktiniyni kashf qilgan (L. Maytner bilan hamkorlikda). Jahonda birinchi bo’lib tabiiy radioaktiv elementlarda yadro izomeriyasi hodisasini (1921), uran yadrolarining neytronlar ta’sirida bo’linishini topgan (1938, Shtrasman bilan hamkorlikda). Nobel mukofoti laureati (1945).