XARAJAT MODDALARINING GURUHLANISHI

XARAJAT MODDALARINING GURUHLANISHI – xarajat moddalari quyidagicha guruhlanadi: 1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi: a) to’g’ri va egri material xarajatlari; b) to’g’ri va egri mehnat xarajatlari; d) ishlab chiqarish ahamiyatidagi ustama xarajatlar qo’shilgan holda boshqa egri va to’gri xarajatlar. 2. Davr xarajatlari (ishlab chiqarish tannarxiga qo’shilmaydigan xarajatlar): a) realizatsiya bo’yicha xarajatlar; b) boshqarma (ma’muriy) bo’yicha xarajatlar; d) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 3. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar: a) foizlar bo’yicha xarajatlar; b) chet el valyutasi bilanbog’liq operatsiyalar bo’yicha salbiy kurs farqlari; d) qimmatli qog’ozlarga sarflangan mablag’larni qayta baholash; e) moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar. 4. Tasodifiy zararlar.