XARIZMATIK YETAKCHILIK

XARIZMATIK YETAKCHILIK — M.Veberning ―Siyosat – ham mayl, ham kasb sifatida maqolasida bergan ligetim hukumronlikning uch ko’rinishidan biri. Hukumdor – yetakchining ilohiy qudratiga xalqning cheksiz ishonchiga asoslanadi. M.Veber Xarizmatik yetakchilikni inqiroz davrida jamiyatni inqilobiy tarzda yangilashning muhim xarakatlantiruvchi kuchi sifatida qaraydi, chunki, xarizmatik dohiy obro’-e‘tibori o’tmish bilan bog’liq bo’lmasdan, u ommani ijtimoiy yangilanish vazifalarini echishga safarbar etishga qodirdir. Xarizmatik hukmronlik, M.Veberga ko’ra, yetakchiga xos alohida sifatlarga asoslanadi. Uni payg’ambar, ulkan tarxiy shaxs, deb hisoblashadi. Yetakchi va omma munosabatlari hissiy darajada, to’liq o’zligidan kechish, ko’r-ko’rona ishonch asosiga quriladi.