XARTIYA
XARTIYA (Yunoncha chartes — qog’oz, yorliq) — 1) o’rta asrlardagi (shaharlar va kommunalar Xartiyasi, erkinlikning buyuk Xartiyasi va boshqalar) va yangi zamondagi (Buyuk Britaniyada 1838 yilgi Xalq Xartiyasi, Konstitutsion Xartiya va boshqalar) ommaviy-huquqiy va siyosiy tusdagi hujjat. Xalqaro huquqda odatda deklarasiya so’zining sinonimi sifatida qo’llanib, majburiy kuchga ega bo’lmaydi, xalqaro AKTning umumiy qoidalari va maqsadini ifodalaydi (mas, yangi yevropaning Parij Xartiyasi); 2) eski qo’lyozma.