XAYOLIY SOTSIALIZM

XAYOLIY SOTSIALIZM, utopik sotsializm — mulkning umumiyligiga, majburiy mehnat qilishga, adolatli taqsimotga asoslangan ideal jamiyat haqidagi ta’limot. Dastlab T. Morning «Utopiya» asari (1516) da Xayoliy sotsializmga oid fikrlar bayon qilingan. Xayoliy sotsializmning vujudga kelishida turli xalklarda asrlar mobaynida ilgari surilgan ijtimoiy adolat va tenglikni ifodalovchi xayoliy g’oyalar asos bo’lgan. Xayoliy sotsializmning yirik vakillari: T.Myuntser, T.Kampanella, J.Uinstenli, J.Mele, Morelli, G. B. Mabli, G.Babyof, T.Dezami, K.A.Sensimon, Sh.Fure, R.Ouen, A.I.Gersen va N.G.Chernishevskiy.