XAYRIDDIN SALOH

XAYRIDDIN SALOH (Salohiddinov Xayriddin) (1934.15.1 — Toshkent — 1969.5.6) — shoir. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1957). «O’zbekiston madaniyati» (1963-66) gazeta va «gulxan» jurnalida (1968-69) adabiy xodim. «Chashma» (1959), «ikkinchi imtihon» (1961), «Ishqim va rashkim» (1965), «tug’yon», «Na’matak» (1969), «izlar va hislar» (1974), «shu’lalar qo’shig’i» (1975), «Lirika» (1985) she’riy kitoblari va «Laylo», shoir Sultan Jo’ra haqidagi «Yangroq hayot» (1969), Toshkent zilzilasiga bag’ishlangan «Toshkent bilan suhbat» (1966) kabi dostonlar muallifi. U. G. Geyne, Bayron, M. Lermontov, T. Shevchenko, R. Hamzatov va boshqalarning ayrim asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.