XAZANOVICH RAXIL LEYBOVNA

XAZANOVICH RAXIL LEYBOVNA (1906.9.10, Ukraina, Poltava viloyati Loxovisa shahri — 2002) — farmakognost, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), farmatsevtika fanlari doktori (1955), professor (1958), Xarkov farmatsevtika institutini tugatgan (1929). Priluki shahri dorixonasida assistentreseptor (1929 — 33), tamaki fabrikasida kimyo laboratoriya boshlig’i (1934-35), Dnepropetrovsk farmatsevtika instituti farmasevtik kimyo va farmakognoziya kafedrasida assistent (1935— 40). 1940 yildan Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari O’zbekistonda surgi va burishtiruvchi ta’sirga ega bo’lgan dorivor o’simliklarni o’rganishga oid.