XELATLAR
XELATLAR (Yunoncha chele — Qisqichbaqa panjasi), kompleksonlar — mikroelementlarning metallorganik birikmalari; mikroo’g’it sifatida ishlatiladi. Suvda yaxshi eriydi, o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi, tuproq kolloidlari ta’sirida cho’kmaga tushmaydi. Mikroorganizmlarning yemirish ta’siriga qarshi turish xususiyati, barcha tuproqlarda gidrolizga qarshi turg’unligi, o’simliklarga zararli ta’siri yo’qligi bilan ahamiyatli. Tarkibida 1012% temir, 610% rux, 810% marganes, 9-18% mis bor. Tuproqqa ekin ekish oddidan boshqa o’g’itlar bilan birga solinadi, barglar orqali oziqlantirishda qo’llaniladi.