Xemotronika
Xemotronika (xemo… va …tron) — ilmiy-texnik yo’nalish; ishi elektrkimyoviy jarayonlar va hodisalarga asoslangan avtomatika, o’lchash va hisoblash texnikasi asboblari va qurilmalarini tadqiq qilish, ishlab chiqish va qo’llash masalalari bilan shug’ullanadi. Xemotronika shug’ullanadigan asboblar va qurilmalarning elektrod — elektrolit chegarasidan elektr toki o’tkazilganda elektrkimyoviy jarayonlar yuz beradi. Xemotronikada ana shu jarayonlar o’rganiladi. Xemotronikada elektroosmos hodisasidan, elektrod atrofidagi qatlamlarda elektrolit faol komponentlari o’zgarishi va boshqa hodisalardan ham foydalaniladi. Eng oddiy xemotron asbob — elektrkimyoviy uya ichiga elektrolit to’ldirilgan va ikkita elektrod joylangan ixcham germetik shisha idish (ampula)dan iborat. Bunda elektrolit sifatida kislotalar, tuzlar va asoslarning suvdagi eritmalari ishlatiladi. Elektrodlar Pt (platina), Ag (kumush), A1 (alyuminiy), Zn (pyx) va boshqa metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlanadi. Ko’pincha bu maqsadda Hg (simob) dan foydalaniladi. Xemotron asboblar asosida ixcham tok va kuchlanish kuchaytirgichlari, to’g’rilagichlari, vaqt relelari, integratorlari, tezlanish, temperatura va tezlik datchiklari, titrashlar (vibrasiya) ni o’lchash asboblari, indikatorlar, kulonometrlar hamda 107 — 10 Gts chastotalar diapazonida ishlaydigan boshqa asbob va qurilmalar yaratiladi.