Ximerasimonlar, ximeralar

Ximerasimonlar, ximeralar (Chimaeriformes) — baliqlarning bir turkumi. 3 oilaga mansub 30 turi ma’lum. Tanasining uzunligi 60 santimetrdan 2 metrgacha. Urg’ochisi erkagidan yirikroq. Birinchi orqa suzgichi oldidagi tikanlari suzgichlar bilan birga yelpig’ichsimon yig’ilishi va yoyilishi mumkin. Keyingi orqa suzgichi juda uzun, dum suzgichiga yaqin joylashgan. Dum suzgichi uchi ipsimon. Juft suzgichi ham yelpig’ichsimon. Ximerasimonlar Atlantika, tinch va Hind okeanlarining chuqur (2500 metrgacha) joylarida yashaydi. Ichki urug’lanadi. Har biri 12-42 santimetrli kapsula ichida ikkita tuxum qo’yadi. Tuxumdan 9-12 oyda yosh baliqcha chiqadi. AQSh (tinch okean sohillari), Argentina, Chili, yangi Zelandiya, Xitoyga yaqin suv havzalaridan ovlanadi. Ba’zi joylarda jigaridan olingan yog’dori va surkov moy sifatida qo’llanadi.