Xingan

Xingan — uzoq Sharqdagi tog’ sistemasi, asosan, Xitoyning shimoliy Sharqiy qismi va qisman Xabarovsk o’lkasida. Xingan 2 qism: katta Xingan va kichik Xingan tog’lariga bo’linadi. 1) katta Xingan tog’lari, aksari qismi ichki Mongoliya hududida bo’lib, Markaziy va Sharqiy Osiyo o’rtasidagi shartli tabiiy chegara vazifasini o’taydi. Shimoli sharqdan Janubi g’arbga 1200 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 1949 metr. Asosan, granit va boshqa vulkan jinslaridan tuzilgan. Cho’qqilari yassi, yon bag’irlari yotiq. Shimolda taiga o’rmonlari, ko’p yillik to’ng yerlar bor. Janub keng bargli o’rmonlar, o’rmondasht va dashtlardan iborat. Yog’och tayyorlanadi, mo’ynali hayvonlar ovlanadi; 2) Kichik Xingan tog’lari — Xabarovsk o’lkasi va Xitoyning shimoli sharqida. Uzunligi 500 kilometr, eng baland joyi 1150 metr. Gneys, granit, kristalli slanes, bazalt jinslardan tuzilgan. Cho’qqilari yassi, yon bag’irlari yotiq, toshloqli. G’arbida vulkanlar guruhi bor. Tog’o’rmonlari bilan qoplangan.