Xirayama Ikuo
Xirayama Ikuo (1930.15.6, Ikuchjima shahri) — yapon rassomi, tadqiqotchi olim, Tokio nafis san’at va musiqa milliy universiteti prezidenti. Uning ilmiy tadqiqotlari Buyuk ipak yo’lining ko’p asrlik tarixiga bag’ishlangan. Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlaridan olgan taassurotlari natijasi o’laroq «Turkiston xarobalari», «Buxoro», «Markaziy Osiyo» kabi kartinalari yuzaga keldi. Yapon-o’zbek madaniyati arboblari aloqalarini kengaytirishda, hamkorlikdagi arxeologik ekspedisiyalar, ko’rgazmalar o’tkazishda faollik ko’rsatmoqda. 2001 yil o’z mablag’iga Toshkentda xalqaro madaniyat karvonsaroyi qurdirdi. YUNESKO—Yaponiya assotsiatsiyasining raisi. Yaponiya Sharq madaniyati muzeyining asoschisi va direktori. Afg’oniston va Iroq madaniy yodgorliklari va tarixini saqlab qolish jamg’armasining Prezidenti. Xalqaro mukofotlar (Avliyo Georgiy ordeni, Vatikan, 1974; Frantsiya mukofoti, 1991; Shveytsariya mukofoti, 1995), Yaponiyaning bir qancha mukofotlari, O’zbekiston ba ning «Oltin medali» bilan mukofotlangan (2002). Shuhrat Yoqubov.