XIRMON

XIRMON — yig’ib-terib olingan ekinlar hosili to’planadigan maydoncha. G’allachilikda shamol yaxshi esadigan teparoq joylarda, paxtachilikda dala yonida bo’yi 70-80 metr, eni 45— 60 metrli maydon Xirmon uchun jihozlanadi, ya’ni yer tekislanadi somon suvoq qilinadi yoki asfalt yotqiziladi. Xirmonda mahsulot tozalanadi, quritiladi, idish (qop)larga joylanadi va omborlarga jo’natiladi.