Xiroj

Xiroj-Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, jumladan O’rta Osiyoda davlat tomonidan undirilgan yer solig’i. Xiroj O’rta Osiyoda VII asrda arablar tomonidan joriy qilingan. Xiva va Qo’qon xonliklari hamda Buxoro amirligida xiroj yig’ish uchun har bir viloyatga sarkor, qishloqqa devonbegi va kotib tayinlangan. Xiva xoni Muhammad Rahim I (1775-1825) xirojni pul bilan undirishni joriy qilgan. Bunda xiroj olingan hosil miqdoridan emas, balki yer egasining xo’jaligi va yer maydoniga qarab olingan. Qo’qon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin xiroj bu yerda ham natura o’rniga pul bilan yig’iladigan bo’lgan.