Xishrov kishmishi, Xishravi
Xishrov kishmishi, Xishravi — o’rtapishar xo’raki va mayizbop uzum navi. Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik intining Samarqand filialida Nimrang va qora kishmish navlarini chatishtirib chiqarilgan (G. V. Ogienko, K. V. Smirnov va A. F. Gerasimova). Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga mansub. Tupi kuchli o’sadi. Bargi yirik, dumaloq, 5 bo’lmali, o’rtacha kertikli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi o’rtacha kattalikda (250 gramm). Shakli konussimon, shingillari o’rtacha zich yoki zich. G’ujumi yirik, ovalsimon, rangi oqishqahrabo. Po’sti qalin, etdor, sershira, xushxo’r. Tarkibida qand mikdori 26-27%, nordonligi 3,5—4,5%. Novdalari yaxshi pishadi. Hosili faol harorat yig’indisi 3000-3275° da 140-145 kunda to’liq yetiladi. Hosildorligi 140145 ts/ga. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi. Uzoq joylarga yuborishga chidamli. 1982 yildan Buxoro va Navoiy viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.