Xlamidoz
Xlamidoz – ooz, rikketsioz, keratokon’yunktivit — hayvonlarning o’tkir yuqumli kasalligi. Ko’p hollarda Xlamidoz katta iqtisodiy zarar keltiradi, kasallik hayvonning ko’r bo’lishi bilan tugashi mumkin. Kasallikni reketsiyalar qo’zg’atadi. Xlamidoz bilan barcha qishloq xo’jalik hayvonlari, ko’proq qoramollar zararlanadi. Kasallik yilning barcha fasllarida uchrashi mumkin, biroq issiq paytida ko’proq va og’irroq kechadi. Xlamidozning yashirin davri 2— 12 kun. Ko’proq bir ko’z, kamroq ikkala ko’z ham zararlanadi. Tana harorati ko’tariladi, holati yomonlashadi, ko’zidan ko’p miqdorda shilliqyiringli suyuqlik oqadi. So’ngra abssess o’zo’zidan yoriladi, uning o’rnida yara hosil bo’ladi. Hayvonning ahvoli yaxshilanib, astasekin sog’ayadi. Kasallikning epizootologiyasi, klinik belgilari hamda kon’yunktiva surtmasini mikroskopda tekshirish orqali tashhis qo’yiladi. Davolash: kasal mollar salqin xonalarda saqlanib, antibiotiklar qo’shilgan turli malham dorilar (mazlar yoki linementlar) qo’llaniladi. Og’ir hollarda novokainli blokada qilish yaxshi samara beradi. Oldini olish: hayvonlarni stasionar nosog’lom xo’jaliklardan chiqarmaslik tavsiya etiladi. Mollar kish faslida bir oyda bir marta, yoz oylarida esa har kuni ko’zdan kechiriladi. Sog’lom mollarning ko’ziga profilaktika maqsadida antibiotiklardan tayyorlangan mazlar yoki emulsiyalar suriladi, pashshalarga qarshi kurashiladi. Hoshim Nurmamatov.