Xloraminlar

Xloraminlar — molekulalardagi xlor atomi azot bilan bog’langan xlor hosilali ammiak (anorganik Xloraminlar) va aminlar (organik Xloraminlar). Organik Xloraminlar — o’tkir hidli suyuqlik yoki qattiq moddalar. N — xlordimetilamin (CH3)2NC1 46° da, N, Ndixlormetilamin CH3NC12 58— 60°da, N, Ndixloretilamin C2H5NC12 va Nxlordietilamin (C2HS)2 NCI 91° da qaynaydi; geksaxlormelamin — sariq kristall modda, 149° da suyuklanadi. Xloraminlar suv va havo namida amin bilan gipoxlorid kislota (NOS1)ga parchalanadi. Xloraminlar aminlarga va ularning tuzlariga xlor yoki gipoxlorit kislota ta’sir ettirib olinadi. Xloraminlar oksidlovchi va xlorlovchi ta’sirga ega bo’lganligidan analitik kimyoda, to’qimachilikda matolarni oqartirishda, degazatsiya, dezinfektsiya ishlarida, suvni xlorlashda qo’llanadi.