Xloridlar, tabiiy xloridlar

Xloridlar, tabiiy xloridlar — NS1 tuz kislotasining tuzlari, minerallar sinfi. Tarkibi, xususiyati va hosil bo’lish sharoitiga qarab Xloridlar 2 guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga (28 ta mineral) Na, K, NH4, Mg, Ca, Al, Mn va G’e ning erish xususiyatiga ega bo’lgan suvli va suvsiz Xloridlar kiradi. Asosiy minerallari: galit, silvin, bishofit, karnallit, taxgidrit, rinneit va boshqalar bo’lib, tarkibida 20-70% S1 mavjud. Kub yoki trigonal singoniyada kristallanadi. Odatda, rangsiz; qattiqligi 1-2, zichligi 1,6—3,2 g/sm3. Gigroskopik, suvda, kisman spirtda eriydi, achchiq va sho’r mazali. Ko’llardagi cho’kindilarda, sho’r tuproqlarda, vulkanik va fumarol faoliyati mahsulida hosil bo’ladi. Ko’pgina Xloridlardan kimyo va oziq-ovqat sanoatida, qishloq xo’jaligida keng foydalaniladi. Ikkinchi guruhga (49 ta mineral) Si, Pb, Ag, Hg, As, Sb va Bi ning erish xususiyatiga ega bo’lmagan Xloridlar kiradi. Asosiy minerallari: nantokit, atakamit, konnelit, Laurionit, matlokit, mendipit, xlorarnirit va boshqalar bo’lib, tarkibida 6— 35% S1 mavjud. Romb va tetragonal singoniyada kristallanadi. Rangsiz, ko’k, yashil, sariq, qattiqligi 4, zichligi 3,7—8,3 g/ sm3. Suvda erimaydi. Quruq iqlim sharoitida rudali konlarning oksidlanish zonasida; rudali minerallar va sanoat shlaklariga sho’r suvlarning ta’siri bo’lganda, vulkan harakatlari jarayonida hosil bo’ladi. Oksidlangan rudalar tarkibida Si, R, Ag olish uchun xom ashyo hisoblanadi.