XLORLI SUV

XLORLI SUV — xlorning suvdagi eritmasi. Xloratorda suvdan xlor o’tkazib hosil qilinadi (kontsentrasiyasi ~7 g/l, 20°da). Xlorli suv sovitilganida xlorgidrat -9,6°da parchalanadigan sariq kristall modda S12pn2o hosil bo’ladi. Eritmada xlor suv bilan qisman birikib, gipoxlorit va xlorid kislota hosil qiladi: gipoxlorit kislota NSYU yorug’lik ta’sirida O2va NS1 ga parchalanadi. Kuchli oksidlovchi. Xlorli suv suvni zararsizlantiritshda va matolarni oqartirishda ishlatiladi.