Xofstedter (Hofstadter) Robert
Xofstedter (Hofstadter) Robert (1915.5.2, NyuYork — 1990) — Amerikalik fizik. Prinston universitetini tugatgan (1938). Prinston universitetida (1946 yildan), Stanford universitetida (1950 yildan, 1954 yildan prof.) ishlagan. Gammakvantlar, neytronlar va rentgen nurlanishlarini qayd qilish uchun mo’ljallagan hisoblagichlarni yaratgan. Kosmik nurlarni va relyativistik elektronlar vujudga keltirgan kaskadjalalarni o’rgangan. Elektronlarning nuklonlarda tarqalishiga doyr fundamental ishlarni amalga oshirgan, natijada nuklonlarning strukturasini bilishga imkon tug’ilgan. Nobel mukofoti laureati (1961).